Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 5- umumiy o`rta ta`lim maktabida o`qish 2 — navbatda tashkil qilingan, maktabda 40 ta sinf mavjud bo`lib,1226 nafar o`quvchi ta’lim olmoqda, bundan 610 nafari qiz bolalarni tashkil qiladi. O`quvchilarga 4 nafar oliy toifali, 38 nafar 1-toifali, 42 nafar 2-toifali o`qituvchilar yangi pedagogik texnologiyalar asosida ta`lim- tarbiya berib kelmoqda.
Barcha xalq talimi muassasalarida bo’lgani kabi 5-sonli maktabda ham «Matimatika va Informatika» fanlari yaxshi tashkil etildi. Yil davomida amalga oshirilgan ishlar rejasi tuzildi.
Bizning maktabda boshlang’ich talimga katta e’tibor qaratilgan chunki har bir o’quvchi yoshlikda olgan bilimi uning yuqori sinfga o’tganda unga poydevor vazifasini bajaradi.
Maktabimizda tarix fani qiziqarli va chuqur o’rgatiladi. Yana ushbu fan doirasida muzeylarga sayohatlar uyushtirib boriladi.
Bolalarga o’z ona tilini o’qitishda interfaol usullar bilan o’rgatish yo’lga qo’yilgan. Ushbu birlashmada yuqori bilimga ega o’qituvchilar ish olib borishadi.
Maktabda chet tillarni o’rganishda katta imkoniyatlar yaratilgan. Haftaning har chorshanba kuni Rus tilida so’zlashuv kuni deb qo’yilgan
Maktabda Kimyo va Biologiya fanlariga o’quvchilar juda qiziqishadi. Dars o’tish mobaynida o’qituvchilar bolalarga nazariy va amaliy tarzda yuqori darajada bilim berib borishadi.