Xorazmga sayohat.
Bugungi kunda mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, bilimli kishilarni rag’batlantirish davlat siyosati darajasida ko’tarilgani barchamizga ma’lum. Bu borada 5-umumiy o’rta ta`lim maktabimizda ham qator tanlov va musobaqalar uyushtirilmoqda. Xususan yanvar tarix fani oyligida tarix fani o’qituvchisi J.Ortiqova tashabbusi bilan maktabda “Tarixiy obidalar bilimdoni” tanlovi e’lon qilindi, tarixiy obidalar suratlari namoyish etilib barcha fan o’qituvchilari tanlov shartiga ko’ra 3 soat muhlat ichida ushbu obidalar haqida ma’lumot berishlari aytildi. O’zining topqirligini, bilimini namoyish qilgan maktab boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi Xo’jamova Mavluda birinchilardan bo’lib barcha suratdagi obidalar joyi nomi kim tomonidan qachon barpo etilganligini aytib berdi va tanlov go’libligini qo’lga kiritdi. Ichki tuzimni rivojlantirish maqsadida 23-mart kuni Karmana kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan Xorazm tarixiy obidalariga sayohatdga ishtirok etdi.