“Kamalak bilimdonlari” ko’rik-tanlovi
Karmana tumani 5-umumiy o’rta ta’lm makatabi o’quvchilari 7-aprel kuni “Kamalak” bolalar tashkilotining “Kamalak bilimdonlari” ko’rik-tanlovining hudud bosqichida qatnashdilar. Maktabimizning 6-va 7 sinf o’quvchilaridan tuzilgan “Yangi avlod” jamoasi ishtirok etdi. O’quvchilarimiz ko’rik tanlovda 4 shart asosida bellashdilar. Ko’rik tanlovning shartlari quyidagicha:
- Jamoani hakamlar haya’tiga tanishtirish; jamoaning enblemasi, jamoa sardorining guruhdagi o’quvchilarni tanishtirishi; 5 daqiqa vaqt ichida
- Jaomaning savolarga javob berishi. Jamoaga 10 ta savol beriladi, savollar, darsliklar, Bolalar ensiklopediyasi va Kamalak bolalar tashkiloti tuzilganligi haqida . Tayyorlanish uchun 2 daqiqa vaqt.
- “Mening orzuimdagi- Kamalak” shartida,o’quvchilarimiz o’zlari orzu qilgan Kamalak bolalar tashkilotini maktab shart-sharoitlaridan kelb chiqib tayyorlaydilar. Ya’ni yangicha g’oya bilan chiqadilar. Bu g’oya kelajakda maktabning va yurtimizning rivojiga hissa qo’shishi uchun. Vaqt chegaralanmagan
- Jamoadan bir nafar o’quvchi savol-javobda ishtirok etadi. Bu shartda beriladigan savollarga o’quvchiga o’ylashi uchun vaqt berilmaydi tezkorlik bilan savollarga javob berishi kerak. Birinchi bo’lib javob bergan o’quvchiga ball yoziladi.
Bu shartlar asosida maktabimizning “Yangi avlod” jamoasi munosib ishtirok etdi. Har bir shartda o’quvchilarimiz faol ishtirok etdilar. Hakamlar tomonidan guruhmizga qo’yilgan ballar asosida maktabimiz jamoasi hudud bosqichida 30.8 ball bilan faxrli 2 o’rinni qo’lga kiritdi.