“Hayot go’zal” aksiyasi o’tkazildi

“Hayot go’zal” aksiyasi o’tkazildi

“Hayotdan zavqlanib yashayman”  ushbu shior 5-umum ta’lim maktabimiz o’quvchilari qalbini to’la qamrab oldi,desak adashmaymiz. 5-10 sinflar o’rtasida o’tkazilgan psixologik haftalik shu nom bilan tashkil etildi.Tadbir maktab amaliyotchi psixologi O.Jiyanova tomonidan keng miqyosda tashkillashtirildi. Haftalik “Hayotga olg’a qarash” mavzusidagi davra suhbati bilan  ochib berildi. Haftalikning 2 kuni insholar va rasmlar tanlovi e’lon qilinib,o’quvchilarga 3-kun muhlat berildi. So’ngra haftalik   davomida   “O’z joniga qasd qilish og’ir gunoh” , “Stressdan saqlaning” kabi mavzularda treninglar tashkil etildi. Psixoxolog tomonidan , nafaqat,o’quvchilar bilan,balki pedoigok xodimlar bilan ham  turli  treninglar   o`tkazilganligi  manzur bo’ldi. Haftalikning natijasi sifatida o’quvchilar dunyoqarashida bugungim osoyishta hayotimizga nisbatan shukronalik tuyg’ulari shakillanganligi ,,Hayot go’zal’’ aksiyasi tadbiridagi chiqishlarida namoyon bo’ldi. 2018-yil 10-aprel kuni haftalik yakuni sifatida tashkil etilgan ushbu aksiyada o’quvchilar haftalik davomida o’rganganlarini orqali aks ettirib o’z ko’rgazmalari orqali  aks ettib berishdi.