Davlat tili qabul qilinganligiga 30 yil
Davlat tilini rivojlantirish har bir xalq mustaqilligining, millat ma’naviy o‘zligining dastlabki shartlaridan biridir. Chunki til xalqning, millatning tarixi, madaniy merosi, turmush tarzi, urf-odat va an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi, ajdodlardan avlodlarga o‘tishini ta’minlaydi. Konstitutsiyamizda davlat tili — o‘zbek tilining maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilab berilgan, uning mavqei mustahkamlangan. Bu esa tilimizning yanada boyib, ravnaq topishiga, xalqimizning urf-odatlari, an’analari tiklanishiga zamin yaratdi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktyabrdagi “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganligining o‘ttiz yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-4479-sonli qarori qabul qilinishi davlat tilimizga bo‘lgan e’tiborning yana bir ko‘rinishidir. “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganligining o‘ttiz yilligini keng nishonlash bo‘yicha viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2019 yil 25 sentyabrdagi 178-sonli buyrug‘iga asosan Karmana tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida joriy yilning 17 oktyabrь kuni “Faxr va iftixorimsan-ona tilim!” mavzusida viloyat miqyosida o‘quv-amaliy seminari va “Mahorat dars”lari hamda tadbir tashkil etildi. O‘quv-amaliy seminari “Til bor ekan, millat barhayot”mavzusida badiiy kompozitsiya bilan boshlandi. 5-maktab ona tili va adabiyot o‘qituvchilari tomonidan 3 soat davomida ochiq darslar, jumladan L.Qochtieva tomonidan 5-“A” sinfida ona tili fanidan “Gap bo‘laklari” mavzusida, X.Xudoynazarova tomonidan 5-“B” sinfida adabiyot fanidan Hamid Olimjon hayoti va ijodi. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni, S.Qayumova tomonidan 9-“V” sinfida ona tili fanidan “Bog‘langan qo‘shma gaplar” mavzularida ochiq darslar mahorat bilan tashkil etildi. Shuningdek, 2 soat davomida mahorat darslari va 1 soat davomida o‘qituvchilar uchun seminar-trening darsi tashkil etildi. 13-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, oliy toifali o‘qituvchi H.Bozorova 7-“V” sinfida ona tili fanidan “So‘roq olmoshlari” mavzusida, 28-maktab ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, ilg‘or ish tajribasi Respublika miqyosida ommalashtirilgan o‘qituvchi D.SHamsiddinova tomonidan 8-“V” sinfida ona tili fanidan “Teng va tobe bog‘lanish” mavzusida “Mahorat dars” lari, 22-maktab ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, oliy toifali o‘qituvchi D.G‘oyibova tomonidan o‘qituvchilar uchun “Ona tili va adabiyot darslarida o‘quvchilar faolligini oshirish yo‘llari” mavzusida seminar-trening darsi zo‘r mahorat bilan tashkil etildi. SHundan so‘ng 5-maktab ona tili va adabiyot o‘qituvchilari Sh.Toshova, D.Ravshanovalar tomonidan tashkil etilgan “Faxr va iftixorimsan, ona tilim!” mavzusidagi tadbir zo‘r qiziqish bilan tomosha qilindi. Tadbir oxirida Navoiy viloyat XTB metodik xizmat bo‘limi boshlig‘i,filologiya fanlari metodisti Imomova Dilfuza Abduhakimovna so‘zga chiqib,adabiy-musiqiy kecha haqida iliq fikrlar bildirdi. Viloyat MOI dan tashrif buyurgan G‘ulomova Nargiza ham so‘z olib, tadbir haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.Bundan tashqari o‘quv-amaliy seminarida Viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari va viloyat “Yozuvchilar” uyushmasi rahbari ham o‘z fik-mulohazalari bilan ishtirok etishdi.