«Alisher Navoiy -o’zbek tilining asoschisi» mavzusida bahs-munozara darsi tashkil etildi

2020-yilning 8-fevrali l kuni 7-«B» sinfda «Alisher Navoiy -o’zbek tilining asoschisi» mavzusida bahs-munozara darsi tashkil qilindi.Unda o’quvchilar Alisher Navoiyning o’zbek tiliga qo’shgan betakror hissasi haqida yana bir bor bilimga ega bo’ldilar.O’quvchilar Alisher Navoiy hikmatlari,ruboiy va tuyuqlari hamda g’azallaridan yod aytishdi.Yigit va qizlardan Iborat «Farhod»va «Shirin»guruhi tashkil qilinib,o’quvchilarning Navoiy hikmatlaridan qanchalik ko’p yod bilishlari aniqlandi.