6-may 2022 yil Xalq taʼlimi vaziri Saidov Baxtiyor Odilovich Karmana tumanidagi 5-DIUMga tashrif buyurib, bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashdi.Xususan, Xalq taʼlimi vaziri B. Saidov 11 «A» sinfi o‘quvchilari bilan suhbatlashar ekan, dastlab ularning qaysi kasblarga qiziqishi bilan tanishdi. Suhbat davomida o‘quvchilarga kelgusida zamonaviy kasb-hunarlarni egallash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.Shuningdek, a’lo baholarda ta’lim olayotgan, tengdoshlariga ibrat va namuna bo‘layotgan o‘quvchilarga zamonaviy noutbuk hamda maktabga keng ekranli zamonaviy televizor taqdim etidi.